A
x A A A

№ 11 Savol
Yo‘l-transport hodisasi tufayli mashinamga 10 mln. so‘m zarar etdi. Aybdor shaxsning sug‘urta polisiga ko‘ra sug‘urta puli etmadi hamda zarar to‘liq qoplanmadi. Zarar to‘liq qoplanishi uchun nima qilish zarur?
Javob
Transport vositasi egasi yo‘l transport hodisasida jabrlangan yoki aybdor shaxs bo‘lishiga qarab o‘z mulkiy manfaatlarini bir necha turdagi sug‘urta polisi bilan himoya qilish mumkin:
1. Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi o‘zining xayoti, sog‘lig‘i va/yoki mol mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash (baxtsiz xodisadan tibbiy sug‘urtalash, mol-mulkiga etkazilgan zararni baxtsiz xodisadan sug‘urtalash).
 
2. Yo‘l transport hodisasida aybdor shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi (Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash, boshqa shaxsning xayoti, sog‘lig‘iga va/yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash).
- Majburiy sug‘urta shartnomasi. (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish).
№ 12 Savol
Kompensatsiya to‘lovini olish uchun To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri  murojaat qilish kerakmi?
Javob
YTH sodir bo‘lganda iltimosnoma bilan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, adjaster bilan shartnoma tuzgan holda, pochta xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki jamag‘armaning veb saytida (tkj.uz) elektron iltimosnomani to‘ldirish orqali qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari tegishli  hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
 
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan iltimosnoma murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi hamda o‘z navbatida jabrlanuvchiga belgilangan tartibda yozma ravishda xabar beriladi.
№ 13 Savol
Men YTH da aybdor bo‘ldim va sug‘urta polisim bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lab berishdi. YAna YTH sodir bo‘lsa mazkur polis bo‘yicha yana sug‘urta tovoni to‘lab berishadimi yoki yangi sug‘urta polisini sotib olishim kerakmi?
Javob
Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi lozim.
№ 14 Savol
Sug‘urta polisim bo‘yicha avtomashinamni faqat dadam va men boshqarish xuquqiga egamiz, lekin do‘stimni sug‘urta polisi bo‘yicha avtomashinasini istalgan haydovchi haydamoqda. U qoidani buzmayaptimi?
Javob
Yo‘q, buzmayapti. Buning uchun majburiy sug‘urta shartnomasini tuzayotganda transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmasligi shartini tanlash lozim. Bunda sug‘urta polisida transport vositasidan uni boshqarishga qo‘yilgan haydovchilar ko‘rsatilmaydi.

Саҳифалар

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 239-45-88

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 31.12.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi