A
x A A A

Kompensatsiya to’lovlari miqdori

Error message

  • Deprecated function: Methods with the same name as their class will not be constructors in a future version of PHP; views_display has a deprecated constructor in require_once() (line 3177 of /home/eosgouz/tkj.uz/includes/bootstrap.inc).
  • Deprecated function: Methods with the same name as their class will not be constructors in a future version of PHP; views_many_to_one_helper has a deprecated constructor in require_once() (line 113 of /home/eosgouz/tkj.uz/sites/default/modules/ctools/ctools.module).

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2008 yildagi 141-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta puli 12 mln. so‘m miqdorida belgilangan.

"Transport vositalari egalarining fuqurolik jovobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o’rinlarda "Qonun" deb yuritiladi) 22 moddasiga muvofiq:

  • jabrlanuvchining hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilganda sug’urta tovonining miqdori sug’urta pulining 65 foizidan ortiq bo’lishi mumkin emas;

  • jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug’urta tovonining miqdori sug’urta pulining 35 foizidan ortiq bo’lishi mumkin emas.

Kompensatsiya to’lovlarining miqdori Qonunning 22-moddasi talablariga rioya etilgan holda aniqlanadi.

Kompensatsiya to’lovlari sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to’lovlarni qoplamaydi.

Kompensatsiya to’lovlari zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusi bilan kechiktirib bo’lmaydigan choralar ko’rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan, uning barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini hatto bu choralar muvaffaqiyatli bo’lmagan hollarda ham qoplaydi.

Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusiga ko’ra kechiktirib bo’lmaydigan choralar ko’rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan uning xarajatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sug’urta tovoni miqdoridan ortiq bo’lishi mumkin emas.

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 252-17-75

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 01.09.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi