A
x A A A

2018 yil 1 avgust holatiga Jamgarmaning kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yuzasidan sug‘urta da’volarini ko’rib chiqish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatgichlar

Jamg‘armaga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun 01.08.2018 yil holatiga jabrlanuvchilardan 1 892,75 mln so‘m miqdoridagi (90,8%) 305 ta iltimosnomalar (2017 yilning shu davridagi ko‘rsatkichga 106,6%) kelib tushdi:
 
Jumladan 318,67  mln. so‘m miqdoridagi 38 ta iltimosnoma yuridik shaxslarga, 1 574,08 mln. so‘m miqdoridagi 267 ta iltimosnoma  jismoniy shaxslarga tegishli.
 
Hisobot davrida 246 ta jami 763.01 mln. so‘m miqdorida qanoatlantirildi.
 
Shulardan jami 102,11  mln. so‘m miqdorida 29 ta yuridik shaxslarga va jami 660,91 mln. so‘m miqdoridagi 217 ta jismoniy shaxslarga tegishli.
 
Jami 116,68 mln. so‘m miqdoridagi 24 ta iltimosnomalar ko‘rib chiqish jarayonida.
 
Yo‘l harakati hodisasidagi aybdor shaxs boshqaruvida transport vositasi egasining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligi  sug’urtalanganligi aniqlanganligi sababli, shuningdek, aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi munosabati va h. bilan jami 557,26 mln. so‘m bo‘lgan 67 ta iltimosnomalar rad qilindi.
 
Kelib tushgan iltimosnomalar bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent shahri va Toshkent viloyati umumiy yig‘imda 52,9% va 16,2% mos ravishda ulush bilan yetakchilik qildi. Navoyi viloyati 0,6/% ulush bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
 
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan Jamg‘armaga qonunchilikka ko‘ra imtiyoz olish huquqiga ega shaxslarga taqdim qilingan sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov hujjatlari kompensatsiya qilish uchun 467,65 mln. so‘m miqdorida 15 849 ta hujjat taqdim qilingan bo‘lib, shundan 14.906 ta hujjatlar bo’yicha 437,16 mln. so‘m miqdorida siylov bo’yicha kompensatsiya to’lab berildi.
 
Joriy yilda 01.08.2018 yil holatiga jamg‘arma tomonidan yo‘l-harakati hodisasida jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun to’langan kompensatsiya to’lovi javobgar shaxsларdan regress tartibida 323,504 mln. so‘m undirildi.

10.08.2018

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 252-17-75

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 01.11.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi