A
x A A A

2018 yil II-chorak yakuni bo’yicha Jamgarmaning kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yuzasidan sug‘urta da’volarini ko’rib chiqish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatgichlar

Jamg‘armaga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun 01.07.2018 yil holatiga jabrlanuvchilardan 1.726,28 mln so‘m miqdoridagi (103,6%) 274 ta iltimosnomalar (2017 yilning shu davridagi ko‘rsatkichga 93,5%) kelib tushdi:
 
Jumladan 275,21 mln. so‘m miqdoridagi 31 ta iltimosnoma yuridik shaxslarga, 1.451,07 mln. so‘m miqdoridagi 243 ta iltimosnoma  jismoniy shaxslarga tegishli.
 
Hisobot davrida 230 ta jami 703,89 mln. so‘m miqdorida qanoatlantirildi.
 
Shulardan jami 93,71 mln. so‘m miqdorida 27 ta yuridik shaxslarga va jami 610,18 mln. so‘m miqdoridagi 203 ta jismoniy shaxslarga tegishli. Jami 102,28 mln. so‘m miqdoridagi 15 ta iltimosnomalar ko‘rib chiqish jarayonida
.
Yo‘l harakati hodisasidagi aybdor shaxs boshqaruvida transport vositasi egasining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligi  sug’urtalanganligi aniqlanganligi sababli, shuningdek, aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi munosabati va h. bilan jami 516,29 mln. so‘m bo‘lgan 60 ta iltimosnomalar rad qilindi.
 
Kelib tushgan iltimosnomalar bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent shahri va Toshkent viloyati umumiy yig‘imda 52,3%  va 17,2% mos ravishda ulush bilan yetakchilik qildi. Navoyi viloyati 0,7/% ulush bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
 
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan Jamg‘armaga qonunchilikka ko‘ra imtiyoz olish huquqiga ega shaxslarga taqdim qilingan sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylov hujjatlari kompensatsiya qilish uchun 406,21 mln. so‘m miqdorida 13.843 ta hujjat taqdim qilingan bo‘lib, shundan 13.012 ta hujjatlar bo’yicha 379,16 mln. so‘m miqdorida siylov bo’yicha kompensatsiya to’lab berildi.
 
Joriy yilda 01.07.2018 yil holatiga jamg‘arma tomonidan yo‘l-harakati hodisasida jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun to’langan kompensatsiya to’lovi javobgar shaxsларdan regress tartibida 257,50 mln. so‘m undirildi.

 

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 252-17-75

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 01.11.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi