2018 yil yakuni bo’yicha Jamgarmaning kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yuzasidan sug‘urta da’volarini ko’rib chiqish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatgichlar.
Jamg‘armaga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun 01.01.2019 yil holatiga jabrlanuvchilardan 2 981,49 mln so‘m miqdoridagi (89,3%) 480 ta iltimosnomalar (2017 yilning shu davridagi ko‘rsatkichga 80,9%) kelib tushdi:
Jumladan 398,04 mln. so‘m miqdoridagi 56 ta iltimosnoma yuridik shaxslarga, 2 583,44 mln. so‘m miqdoridagi 424 ta iltimosnoma jismoniy shaxslarga tegishli.
Hisobot davrida 392 ta jami 1 213,76 mln. so‘m miqdorida qanoatlantirildi.
Shulardan jami 164,66 mln. so‘m miqdorida 50 ta yuridik shaxslarga va jami 1 049,10 mln. so‘m miqdoridagi 342 ta jismoniy shaxslarga tegishli.
Jami 251,34 mln. so‘m miqdoridagi 26 ta iltimosnomalar ko‘rib chiqish jarayonida.
Yo‘l harakati hodisasidagi aybdor shaxsning polisi amaldaligi aniqlanganligi sababli, shuningdek, aybdor shaxs tomonidan jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy zarar qoplanishi munosabati va h. bilan jami 743,83 mln. so‘m bo‘lgan 93 ta iltimosnomalar rad qilindi.
Kelib tushgan iltimosnomalar bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent shahri va Toshkent viloyati umumiy yig‘imda 54,7% va 15,6% mos ravishda ulush bilan etakchilik qildi. Navoyi viloyati 0,6/% ulush bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qonunchilikka ko‘ra imtiyoz olish huquqiga ega shaxslarga taqdim qilingan sug‘urta mukofoti bo‘yicha siylovlar kompensatsiya qilish uchun sug‘urta kompaniyalari-jamg‘arma a’zolari tomonidan Jamg‘armaga 901,65 mln. so‘m miqdorida 30 892 ta taqdim qilingan bo‘lib, jumladan 853,31 mln. so‘m miqdorida 29 345 ta kompensatsiya qilindi.
01.01.2019 yil holatiga jamg‘arma tomonidan yo‘l-harakati hodisasida jabrlanuvchiga etkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan regress tartibida 638,38 mln. so‘m undirildi.