A
x A A A

Oliy ta’lim muassasalarida seminarlar davom etmoqda

Navbatdagi seminar joriy yilning 26 mart kuni Navoiy davlat konchilik inistitutida, 27 mart kuni Samarqand davlat universitetida bo‘lib  o‘tdi.
Seminar-davra suhbatida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda hududiy IIB YHXB va sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta  bozorining 2018 yildagi natijalari, muammolari va rivojlantirish istiqbollariga, TVEFJMS qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar yakunida seminar ishtirokchilari transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo’yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 31.12.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi