A
x A A A

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB hamkorligidagi seminarlar davom etmoqda

Navbatdagi seminarlar joriy yilning 10 mayida Respublikaning Qashqadaryo viloyatida, 15 - 16 may kunlari Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi.
 
Seminarlarda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB yo‘l transport hodisalarini rasmiylashtiruvchi hamda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq surishtiruv va tergov ishlarini amalga oshiruvchi bo‘lim xodimlari bilan birgalikda ushbu viloyatlardagi TVEFJMSQ bo‘yicha shug‘ullanuvchi sug‘urta kompaniyalarining vakillari ham ishtirok etishdi.
 
Seminarlarda ushbu sug‘urta turining hozirgi kundagi ahamiyati, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda  tomonlarga bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
 
Ushbu hamkorlikda o‘tkazilayotgan seminarlar “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini yanada samaraliroq bajarilishida va yo‘l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarning himoyalash samaradorligini oshirilishida muhim turtki bo‘ladi deb hisoblaymiz.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17.05.2018

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 239-45-88

Sug‘urta polisim bo‘yicha avtomashinamni faqat dadam va men boshqarish xuquqiga egamiz, lekin do‘stimni sug‘urta polisi bo‘yicha avtomashinasini istalgan haydovchi haydamoqda. U qoidani buzmayaptimi?

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 01.11.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi