A
x A A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining 2018 yilining yanvar - iyun oylari yakuni ko’rsatkichlari (operativ ma’lumotlarga asosan)

2008 yil 22 oktyabrda kuchga kirgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha hozirda «O‘zagrosugurta» AJ, «Kafolat sug’urta kompaniyasi» AJ, «O‘zbekinvest» EIMSK, MChJ «Alfa Invest» ST, AJ «Kapital Sug'urta», MChJ «Asia Inshurans» SK, AJ «Alskom» SK, AJ «Universal Sug'urta», MChJ «Ishonch» BSK, MChJ «Gross Insurance» hamda «Temiryo`l – Sug`urta» SK MChJ kompaniyalari faoliyat olib borishmoqda.
 
Respublikamiz sug‘urta bozorida 01.07.2018 yil holatiga kura sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami mazkur majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 1 286 993 dona sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2017 yilning shu davriga nisbatan 110,2% ni tashkil etadi. Xisoblangan sug‘urta mukofotining xajmi 65,4 mlrd.sum (116,9%) tashkil kildi. Ushbu davr mobaynida qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi jami 15 414,7 mlrd.so‘mga (124,5%) teng.
 

2018 yil yanvar-iyun oylarida tuzilgan shartnomalar soni sug`urta kompaniyalar kesmida

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2018 yilning yanvar - iyun oylari mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami 4 642 dona (133,3%) umumiy summasi 14 005,3 mln.so‘mga (168,0%) teng sug‘urta da’volari qoniqtirililgan bo‘lib, 71 dona (177,5%) umumiy summasi 312,8 mln.so‘mlik (256,6%) sug‘urta da’volari qoniqtirilmasdan qoldirildi.
 
Hududlar kesimida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlar va Toshkent viloyati etakchilik qilib kelmoqda. Ushbu hududlar mos ravishda sug‘urta bozorining 26,4%, 11,0%, 9,8% va 8,6% ulushini egallagan. Eng kam ulushlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘lib, mos ravishda 2.6% va 1.7% tashkil qilgan.
 
2018 yil yanvar-iyun oylarida yig`ilgan sug`urta mukofotlari hajmi hududlar kesmida
 
 
 
2018 yilning xuddi shu davr mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta mukofoti bo‘yicha 18 544 sug‘urta qildiruvchiga 540,4 mln.so‘mga teng siylovlar berilgan.
 
Ma’lumotlar sug‘urta kompaniyalari hisobotlari asosida tayyorlandi.
 
 

 

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 252-56-01

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 31.12.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi