A
x A A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining 2018 yilining yanvar - sentyabr oylari yakuni ko’rsatkichlari (operativ ma’lumotlarga asosan)

2008 yil 22 oktyabrda kuchga kirgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha hozirda «O‘zagrosugurta» AJ, «Kafolat sug’urta kompaniyasi» AJ, «O‘zbekinvest» EIMSK, MChJ «Alfa Invest» ST, AJ «Kapital Sug'urta», MChJ «Asia Inshurans» SK, AJ «Alskom» SK, AJ «Universal Sug'urta», MChJ «Ishonch» BSK, MChJ «Gross Insurance» hamda «Temiryo`l – Sug`urta» SK MChJ kompaniyalari faoliyat olib borishmoqda.
 
Respublikamiz sug‘urta bozorida 01.10.2018 yil holatiga kura sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami mazkur majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 1 915 152 dona sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2017 yilning shu davriga nisbatan 110,9% ni tashkil etadi. Xisoblangan sug‘urta mukofotining xajmi 96,0 mlrd.sum (112,7%) tashkil kildi. Ushbu davr mobaynida qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi jami 22 898,8 mlrd.so‘mga (118,4%) teng.
 
2018 yil yanvar-sentyabr oylarida tuzilgan shartnomalar soni sug`urta kompaniyalar kesmida
2018 yilning yanvar - sentyabr oylari mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami 6 717 dona (118,7%) umumiy summasi 20 611,4 mln. so‘mga (153,1%) teng sug‘urta da’volari qoniqtirililgan bo‘lib, 110 dona (161,8%) umumiy summasi 450,8 mln. so‘mlik (185,0%) sug‘urta da’volari qoniqtirilmasdan qoldirildi.
 
Hududlar kesimida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlar va Toshkent viloyati etakchilik qilib kelmoqda. Ushbu hududlar mos ravishda sug‘urta bozorining 26,6%, 11,1%, 9,9% va 8,9% ulushini egallagan. Eng kam ulushlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘lib, mos ravishda 2.6% va 1.7% tashkil qilgan.
 
2018 yil yanvar-sentyabr oylarida yig`ilgan sug`urta mukofotlari hajmi hududlar kesmida
 
2018 yilning xuddi shu davr mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta mukofoti bo‘yicha 26 755 sug‘urta qildiruvchiga 788,0 mln. so‘mga teng siylovlar berilgan.
 
Ma’lumotlar sug‘urta kompaniyalari hisobotlari asosida tayyorlandi.
 

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 252-17-75

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 01.11.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi