A
x A A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining 2018 yilining yanvar - dekabr oylari yakuni ko’rsatkichlari

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining 2018 yilining yanvar - dekabr oylari yakuni ko’rsatkichlari

(operativ ma’lumotlarga asosan)

 

2008 yil 22 oktyabrda kuchga kirgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha hozirda «O‘zagrosugurta» AJ, «Kafolat sug’urta kompaniyasi» AJ, «O‘zbekinvest» EIMSK, MChJ «Alfa Invest» ST, AJ «Kapital Sug'urta», MChJ «Asia Inshurans» SK, AJ «Alskom» SK, AJ «Universal Sug'urta», MChJ «Ishonch» BSK, MChJ «Gross Insurance» hamda «Temiryo`l – Sug`urta» SK MChJ kompaniyalari faoliyat olib borishmoqda.

Respublikamiz sug‘urta bozorida 01.01.2019 yil holatiga kura sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami mazkur majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 2 619 350 dona sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2017 yilning shu davriga nisbatan 110,7% ni tashkil etadi. Xisoblangan sug‘urta mukofotining xajmi 132,3714 mlrd.sum (111,0%) tashkil kildi. Ushbu davr mobaynida qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi jami 31 330,8 mlrd.so‘mga (115,9%) teng.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida tuzilgan shartnomalar soni sug`urta kompaniyalar kesmida

 

2018 yilning yanvar - dekabr oylari mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami 9 115 dona (102,2%) umumiy summasi 28 273,6 mln. so‘mga (124,6%) teng sug‘urta da’volari qoniqtirililgan bo‘lib, 146 dona (115,0%) umumiy summasi 596,2 mln. so‘mlik (118,9%) sug‘urta da’volari qoniqtirilmasdan qoldirildi.

Hududlar kesimida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari etakchilik qilib kelmoqda. Ushbu hududlar mos ravishda sug‘urta bozorining 25,8%, 10,9%, 9,5% va 8,9% ulushini egallagan. Eng kam ulushlar Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib, mos ravishda 2.6% va 1.8% tashkil qilgan.

 

2018 yil yanvar-dekabr oylarida yig`ilgan sug`urta mukofotlari hajmi hududlar kesmida

2018 yilning xuddi shu davr mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta mukofoti bo‘yicha 33 299 sug‘urta qildiruvchiga 1 012,258 mln. so‘mga teng siylovlar berilgan.

Ma’lumotlar sug‘urta kompaniyalari hisobotlari asosida tayyorlandi.

To‘liq ma’lumot ilova qilingan jadvallarda keltirilgan.

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Jamg`arma virtual qabulxonasi

Telefon raqam

(+99871) 200-02-21

Ishonch telefoni

(+99871) 239-45-88

Yo‘l transport hodisasini va sug‘urta tovonini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga vaqtim yo‘q, kimga murojaat qilsam bo‘ladi?

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2018 yildan 31.12.2018 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi