Kompensatsiya to‘lovlari miqdori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 141-son qaroriga asosan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi 80 million so‘m miqdorida belgilangan.

 

“Transport vositalari egalarining fuqurolik jovobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda “Qonun” deb yuritiladi) 22-moddasiga muvofiq:

1. Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘ligiga zarar yetkazilganda sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta pulining 65 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas;

2. Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta pulining 35 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Kompensatsiya to‘lovlarining miqdori Qonunning 22-moddasi talablariga rioya etilgan holda aniqlanadi.

Kompensatsiya to‘lovlari sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to‘lovlarni qoplamaydi.

Kompensatsiya to‘lovlari zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusi bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan, uning barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini hatto bu choralar muvaffaqiyatli bo‘lmagan hollarda ham qoplaydi.

Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) tashabbusiga ko‘ra kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilganligi munosabati bilan vujudga kelgan uning xarajatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sug‘urta tovoni miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Jamg'arma a'zolari

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image